Ishlab chiqarish

Eritish​

Quyish bo’limi press uchastkasini alyumin qotishmalari bilan ta’minlab turadi. Ishlab chiqarishda A7, A8 markalik qo’shimchalar bilan boyitilgan chushkalik birlamchi alyumin qo’llaniladi. Eritiladigan alyumin markalar: 6060 seriya, AlMgSi, AlMgSi0 tizimlar va boshqalar. Press bo’limini yarim tayyor mahsulotlar bilan ta’minlab turish uchun, shaxta shakldagi 2 eritish pechkalari umumiy hajmi 22 tonnalik eritish agregati qo’llaniladi.

Ekstrudlash​

Ishlab chiqarish jarayonida bo’lgan, presslangan profillar nomenklaturasi 500 tadan ortiq turlari mavjud. Ularni tayyorlash uchun press bo’limida oyiga 1400 tonna ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan 7 press liniyalari ishlatiladi.

Bo’yash​

Korxonada gorizontal joylashgan emal kukuni bian bo’yaladigan 3 avtomatik liniyalar mavjud. Profilni bo’yash uchun elektrostatik bo’yash usuli ishlatiladi, natijada tashqi ko’rinishi o’zgarmay ko’p yillar davomida qo’llaniladigan mahsulotlar chiqadi. Korxona faqat poliefir asosidagi, ob-havoga bardosh beradigan, agressiv tashqi sharoitlarda ham ko’p muddat qo’llaniladigan import emallarini ishlatadi. Qoplama qalinligi 60-90 mkm. Kukunlik emallar polimerizatsiyadan so’ng ekologik toza hisoblanadi. Ranglar RAL katalogi bo’yicha tanlanadi.

Anodlash​

Anodlash bu himoya-dekorativ qoplama turidir. U profil ustida chidamlik va kislotada erimaydigan gidrat alyuminiydan tashkil topgan qoplama yaratadi. Boshlang’ish tayyorgarlikdan so’ng, profil anodlash vannasiga joylashtiriladi. Bu yerda 25-85 minut davomida u anodlanadi. Bu yerda kislorot elektrolit orqali doimiy tok o’tish davomida, alyumiy anod, tanlagan material esa katod vazifasini bajarib, profil ustida alyumin oksid qoplamasi paydo bo’ladi. Ko’p hollarda anodlash elektrolitda bajariladi, sulfat kislotadan tashkil topgan suv eritmasidan tashkil topadi.

Bezak berish​​

Alyumin profillarni dekorlash bu daraxt va tosh rasmlarini chizish texnologiyasiga aytiladi. Bu jarayon vakuum termokamerasida o’tkaziladi, bu yerda metallga oldindan kukun qo’yilgan grunt orqali temperatura yordamida maxsus pigmentlar ichkarisiga yo’naltiriladi. Natijada, o’z qaytaruvchi materialidan, chidamliroq, chiroylik qoplama paydo bo’ladi.

Qadoqlash​

Tayyor mahsulot maxsus himoya qoplami bilan o’raladi.

Labaratoriya​

“Foundry Master” laboratoriyasi va kompyuter texnologiyasi yordamida spektrografik usul bilan barcha materiallar kimyoviy tashkil etuvchilari boshqariladi.

Instrumental ishlab chiqarish​

Instrumental ustaxona evropani instrumental po’latlaridan matritsa to’plamlari tayyorlaydi. Ustaxona universal frezer dastgohi, yetakchi g’arb firmalarining yuqori aniqlikdagi elektroerozion uskunalari, zamonaviy ishlov berish markazi, yuqori haroratda toblash pechlari bilan ta’minlagan. Instrumental

ustaxona uskunalari CNC turiga xos va noyobdirlar.

Furnitura va aksessuarlar​

«ALUTEX» zavodida alyumin va plastik jihozlar uchun bog’lovchi, sharnir, qo’l ushagichi va boshqa qismlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.