Korxona haqida

1999- yil «ALUTEX» (Alyumin texnologiyalari) korxonasi tashkil topdi, va boshlang’ich yillarda, xorij alyumin profillari va furniturasi ulgurji savdosi bilan shug’illangan. 2003-yili “Alyumin profillarni O’zbekistonda ishlab chiqarish” loyihasini amalga oshirishga kirishdi.

«ALUTEX» QK – bu O’zbekistondagi birinchi alyumin profillar va furnitura ishlab chiqarish bo’yicha maxsus korxona. Mahsulot ishlab chiqarishda, tashkilot tayanadigan asosiy normativ hujjatlar bu ISO 9001, DIN 1055 (Germaniya), TS 498 (Turtsiya), ГОСТ 8617-81 (Rossiya) sertifikatlari.

Bugungi kunda “ALUTEX” alyumin profillar ishlab chiqarishda yetakchi korxona hisoblanadi.

Korxonada alyumin to’la qayta ishlab chiqarish jarayoni qo’llaniladi, qo’shimchalar bilan boyitilgan alyumin qotishmani eritishdan boshlab, ektruziya, emal kukuni bilan bo’yash, anodlash usuli bilan qamrab olish, elektrovakuum usuli bilan dekor qilish, presslangan profildan tashkil topgan yarim tayyor mahsulotni mexanik ishlab chiqish va furnitura ishlab chiqarishgacha.

Korxona mahsulotlari O’zbekistonning ko’pgina tashkilotlari tomonidan sotiladi. Ishlab chiqarish jarayonida eng zamonaviy uskunalar ishlatiladi, bu o’z navbatida sifatli va keng qo’llaniladigan mahsulotni chiqarishga yordam beradi. Misol qilib, elektrotexnik ishlari uchun alyumin shinalar, radioantennalar ustunlari, quyosh batareyalarning radiator elementlari va isitish tizimlari, avtomobil sozlash uchun maxsus profil, shkaf kupe uchun mebel profil, alyumin rom va chivinga qarshi tor ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, korxona eksportga ham mahsulotlarni chiqaradi.

Marketing va ijtimoiy tadqiqotlar Agentligi tomonidan o’tkazilagan “Yil tanlovi” konkursida bir necha yillar davomida iste’molchilar tomonidan “O’zbekistondagi 1 raqmli Profil” deb baho berilgan. Iste’molchilar va hamkorlarimiz bilan ishonarli munosabatlarni yaxshilash borasidagi ishlarni olib borishda, hamda barcha yurtdoshlarimiz xonadonlariga fayz va baraka olib kelish yo’nalishidagi ishlarni korxona amalga oshirib boradi.